Ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam olayotgan shaxslar (14 yoshgacha bolalari bwlgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga twlguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi, kam taminlangan oilalarga moddiy yordam hamda un va qolipli non xarid qilish bwyicha qwshimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pulli kompensaciyani olayotganlar) haqida hamda ishsizlik nafaqasini olayotgan shaxslar (familiyasi, ismi va otasining ismi, tuǵilgan sanasi) twǵrisidagi Qorawzak tuman kesimida

О’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 avgust kungi “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-tamoillarini avtomatlashtirish bwyicha qwshimcha chora-tadbirlar twǵrisida”gi PQ-4797-sonli qaroriga asosan 2020 yil 1 dekabridan boshlab, Qoraqalpoǵiston Respublikasida ijtimoiy nafaqalarni tayinlash twǵrisidagi arizalarini kwrib chiqish va ularni tayinlash tartib-taomillari “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi belgilangan.

О’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 oktyabrdagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari twǵrisida”gi 654-sonli Qaroriga asosan kam taminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va twlash tartibi twǵrisida” Nizom asosida amalga oshirilishi belgilangan.

Yuqoridagi nizomga asosan byudjetdan tashqari Pensiya jamǵarmasi Qorawzak tuman bwlimida 2022 yil 1 iyun holatiga jami 4820 nafar kam taminlangan oilalar bolalari uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchilar.

Shundan:

-88 nafar 42.973.920 swm  ikki yoshgacha bolalar nafaqasi:

-4478 nafar 1.936.364.750 swm kam taminlangan oilalar bolalari uchun bolalar nafaqasi:

-254 nafar 97.451.000 swm moddiy yordam:

-84 nafar 4.200.000 swm kam taminlangan oilalarga kompensaciya (non puli) twlashga chiqarilgan.