Prezidentlar Xorazmga keldi

Davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 22 iyun kuni Xorazm viloyatiga keldi.

Uni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Ikki davlat bayroqlari, gullar bilan bezatilgan Urganch xalqaro aeroportida milliy qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

Tashrif chog‘ida Xiva shahrini ziyorat qilish rejalashtirilgan.