Kitobxon yoshdan yomonlik chiqmaydi – Qorao’zak tuman hokimi

Avvalroq, «Yangi O’zbekiston – yoshlari birlashaylik» shiori ostida «Yoshlar oyligi» doirasida Qoraqalpog’iston Respublikasida ma’rifiy tadbirlar bo’lib o’tayotgani haqida xabar bergan edik.

Oylik doirasida Qorao’zak tumanida «Ma’rifat soati» tashkil etildi.

Tadbirni tuman hokimi ochib berdi:

«Respublikada Qorao’zak yoshlarining alohida o’rni bor. Sababi yoshlarimiz katta-katta tanlovlarda g’olib bo’lib, yurtimiz nomini yuqorilarga ko’tarmoqda.

Misol uchun, tumanimizda «Metallurgiya» zavodi ochildi. Shu sabab 100 nafar yoshga oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun imtiyoz berilgan. Hozircha 3 nafari Rossiyada tahsil olmoqda.

Bir so’z bilan aytganda tumanimiz yoshlari bilim olishga qiziqadi. Zero, kitobxon yoshlardan yomonlik chiqmaydi», dedi hokim.