Tashkil topgan sana -1975 yil 26 sentyabr
Qorao’zak tumani tarixi – 1924 yil oqirida Qoraqalpog’iston avtonom oblasti tuzilib, 1925 yil boshida (aprel) Qozog’iston ASSR tarkibiga kirdi. Qoraqalpog’iston 1930 yil o’rtalarida RSFSR tarkibiga kirishi munosabi bilan QazASSR tarkibiga kirdi, 1932 yil 25-30 mayda o’tkazilgan s’ezdida 1936 yildan Qoraqalpog’iston muxtor respublikasi bo’ldi. 1928 yil 13 mart kuni “Zayыr” da markazi Qorao’zak qishlog’i bo’lgan Qorao’zak tumani tashkillashtirish bo’yicha hukumat qarori qabul qilindi. 1959 yil Qorao’zak tumani Taxtako’pir tumaniga, Taxtako’pir tumani 1963 yili Chimboy tumaniga qo’shib yuboriladi.
1975 yil Qorao’zak tumani qayta tashkillashtirish haqida qaror qabul qilindi. 1975 yil 6 dekabr kuni tuman partiya tashkilotining XV tashkillashtirish konferensiyasi bo’lgan, o’nda Qorao’zak tumanining qayta tuzilganligi rasmiy ravishda e’lon qilindi. Qorao’zak tumani ma’muriy hududiga Taxtako’pir tumanining “Madeniyat” , “Qorao’zak”, “Moskva” (hozirgi Berdaq) va “Kalinin” (hozirgi Akademik Sabir Kamalov) nomidagi savxozlari bilan Kegeyli tumanidagi “Qoraqalpog’istonning 40 yilligi” qorako’lshilik savxozi kiritiladi. 1977 yil Chimboy tumanining hududiga qarashli “Quralpa” paxtachilik savxozi to’lig’i bilan Qorao’zak tumanining ma’muriy-hududiy birligiga kirgizilgan.
Qorao’zak so’zining ma’nosi – Tumanning markazi Zayir joylashgan hududda “Amudaryo”dan o’zan olib, dar’yoni ko’proq ergacha yoqalab oqadigan bir necha o’zanlar bo’ldi. O’zanlarni bo’yi o’rmonzorlik bo’lib, kun ko’rishni turli muammolari bilan shug’illangan. Shunday o’zanlarni biri boshqalaridan kattaroq ekan. Bahor va yoz oylarida suvi loyqalanib, qora batqoq bo’lib oqsa, kuz va qish oylarida tinib, qorayib, ko’k ranga do’nib oydinlashib turar ekan. Kanalning atamasi to’g’risida, yaniy Qorao’zak atalishini sababi, o’zan Amudaryo bilan bog’langan «Shыlыm ko’l»dan o’zan olgan. Shыlыm ko’ldagi tiniq suv kanaldan oqqan. Kanalning ultoni kora tuproq, xom bo’lganligidan suvi qora bo’lib ko’rinadi. Shuning uchunham mahalliy xalq kanalni «Qorao’zak» dep atab ketgan. Ushbu atamani 1928 yil yangidan ochilgan tumanga berish el rahbarlariga ma’qul kelgan. Shunday qilib, tuman Zayir posyolkasidan yarim chaqirim qochiqlikdan (masofa) o’tgan kanalni nomi bilan «Qorao’zak» atashadi